album cover
O'g'lim
album cover
O'g'lim wurde am 21. Juli 2017 von Maestro Production als Teil des Albums O'g'lim - Single veröffentlicht
21. Juli 2017
LabelMaestro Production
BPM144
Melodizität
Akustizität
Valence
Tanzbarkeit
Energie

Songtexte

To'g'rilikka intil, to'g'ri bo'l, o'g'lim
To'rtta to'g'ri bo'lsa, biri bo'l, o'g'lim
Oyoqlar ostida toptalma faqat
Itlarga yo'liqsang, bo'ri bo'l, o'g'lim
Bu o'rmon dunyoning quyoni bo'lma
Tulki, qashqiri yo qoploni bo'lma
Sudralib yurguvchi iloni bo'lma
Yo'lbars bo'l o'g'lim, sheri bo'l, o'g'lim
O'g'lim-o'g'lim, sheri bo'l, o'g'lim
Yo'lbarsi bo'l o'g'lim, sheri bo'l, o'g'lim
O'g'lim-o'g'lim, bo'ri bo'l o'g'lim
Itlarga yo'liqsang, bo'ri bo'l, o'g'lim
Xudoyim dilingga solsin muhabbat
Ko'zingda porlasin, kulsin muhabbat
Umringning mash'ali bo'lsin muhabbat
Bir vafoli qizning yori bo'l, o'g'lim
Bolamsan, mendan so'ng chirog'imni yoq
Ko'ngling toza bo'lsin, diling bo'lsin oq
G'irrom, sotqin bo'lma, bo'lmagin qo'rqoq
Mard bo'l, nomardlarning sho'ri bo'l o'g'lim
O'g'lim-o'g'lim, sho'ri bo'l, o'g'lim
Mard bo'l, nomardlarning sho'ri bo'l o'g'lim
O'g'lim-o'g'lim, bo'ri bo'l o'g'lim
Itlarga yo'liqsang, bo'ri bo'l, o'g'lim
Written by: Sardor Mamadaliyev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...