album cover
Gulbadan
album cover
00:00
00:15
00:20
00:30
00:45
00:55
01:45
01:55
05:40
00:00
05:49
Past 7 Days
Gulbadan was discovered most frequently in the first few seconds of the song during the past week

Music Video

Music Video

Lyrics

Kuylarim yetgaymikan senga borib?
Tinglasa, ketgaymikan toshlar erib?
Suhbatingdan bahra olsam, oʻltirib
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa kirib, Gulbadan?
Oy tiniq, oydan-da oydin oq yuzing
Sharqiroq soydan-da shoʻxroqdir soʻzing
Koʻzlarimga toʻtiyo bosgan izing
Na bo‘lar, na bo‘lar
Kelsang quchog‘imga o‘zing, Gulbadan?
Gulbadan, ey
Gulbadan
Gulbadan, ey
Gulbadan
Na bo‘lar, na bo‘lar, kelsang quchog‘imga o‘zing?
Gulbadan, gul ham oʻzing, noz ham oʻzing
Kuy-qoʻshiq, ohang oʻzing, soʻz ham oʻzing
Tanda darmonim saningsiz yoʻqday
Na boʻlar, na boʻlar
Jondek kirib kelsang oʻzing, Gulbadan
Gulbadan, ey
Gulbadan
Gulbadan, ey
Gulbadan
Na bo‘lar, na bo‘lar, kelsang quchog‘imgʻa o‘zing, Gulbadan?
Na bo‘lar, na bo‘lar, kelsang quchog‘imgʻa o‘zing, Gulbadan?
Written by: Sherali Jo'rayev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...