Credits
PERFORMING ARTISTS
Nurzida Isayeva
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Kosonsoy MASS MEDIA
Songwriter
Lyrics
Zamonam zayliga
Koʻrishsak mayliga
Keling ey doʻstlarim
Bugun gul sayliga
Nastarin lolalar
Goʻzal qiz bolalar
Kuylaymiz yurakdan
Ajib kuy nolalar
Namangan, Namangan
Gullarning shahrisan
Chiroyda beqiyos
Yurtimning faxrisan (x2)
Har taraf rang barang
Shoʻx shodon kuy jarang
Koʻzlarni quvnatgan
Gullarga bir qarang
Dunyoning nigohi
Shahrimga qaralgan
Rayhonlar ifori
Olamga taralgan
Diyorim ko'rkidan
Ko'ngillar yayragan
Jannatga qiyoslab
Bulbullar sayragan
Namangan, Namangan
Gullarning shahrisan
Chiroyda beqiyos
Yurtimning faxrisan (x2)
Written by: Kosonsoy MASS MEDIA