制作
出演艺人
Lola
表演者
Lola Yuldasheva
表演者
作曲和作词
Lola Yuldasheva
作曲家
歌词
Endi uzundan uzun tunlarga
Hamrohman, tinmay qarab
Balki, yetkazar deya so'zlarim
Turarman seni so'rab
Sen esa ketding, dilim anglamay
Sevgim dilimda qoldi
Sen-la bo'lgan bu orzularimdan
Endi mazmun yo'qoldi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni o'ylasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni yo'qlasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Yana dilim to'lib armonlarga
Bir seni sog'inaman
Yurgan yo'limda bir seni o'ylab
Sog'inchdan ovunaman!
Atrofimda namoyon visoling
Go'yo sen yonimdasan
Sen-la yaralgan sevgim qasrida
Bilgin, tanho qolasan!
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni o'ylasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni o'ylasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni yo'qlasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Written by: Lola Yuldasheva

