制作
出演艺人
bojalar
表演者
作曲和作词
bojalar
作曲
Jahongir Poziljonov
作曲
Jaxongir Pazildjanov
作曲
歌词
Tog' orti quyosh ko'rdim,
Men o'zimni yosh bildim.
O'ksib adolat izlab,
Onamni sirdosh bildim.
"Faxrimsan, o, jon o'g'lim,
Yengilma, tik tur, mardim",
Deb kuzatardilar duo qilib,
Onaginam, yolg'izim.
Do'stim serob, yorim bor,
O'gil-qiz niholim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o'rnin bosolmas.
Ko'nglim olar elim bor,
Oydin oy, quyoshim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o'rnin bosolmas.
O'rnin bosolmas...
Xulqi avliyo onam,
Ko'ngil oqim, bir donam.
Rizomisiz men ojizdan,
Ko'zlari mushtoqginam.
Yurak-bag'rim qon bo'ldi,
Ichim sirlarga to'ldi.
"Bolam, ayt, nima qildi?",
Degan so'zingizni sog'indim.
Do'stim serob, yorim bor,
O'gil-qiz niholim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o'rnin bosolmas.
Ko'nglim olar elim bor,
Oydin oy, quyoshim bor.
Ammo baribir hech kim
Onamning o'rnin bosolmas.
O'rnin bosolmas... O'rnin bosolmas...
Written by: Bojalar, Jahongir Poziljonov