Lyrics

Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim. O'zimga bek, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg'izim Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan... Sen Xo'jandsan Chingizlarga Darbozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan. Muqannasan, qorachig'i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko'rgan cho'pon- Cho'lig'imsan, Vatanim. Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onammi, Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o'zing san. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o'zing, Ulug'imsan, Vatanim! Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin — Kurdistonda, Boburing —Hindistonda, Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda. Tarqab ketgan to'qson olti Urug'imsan, Vatanim... Qizim desang osmonlarga G'irot bo'lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Qayliq bo'lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug'beking quchgayman, G'ichir-g'ichir tishimdagi So'lig'imsan, Vatanim... Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi Onammi, Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o'zingsan. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o'zing, Ulug'imsan, Vatanim!
Writer(s): Muhammad Yusuf, Sevara Nazarkhan Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out