Kredity

PERFORMING ARTISTS
Nilufar Usmonova
Nilufar Usmonova
Performer
Shohruhxon
Shohruhxon
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Nilufar Usmonova
Nilufar Usmonova
Composer
Shohruhxon
Shohruhxon
Songwriter
Shohruhxon Yuldashev
Shohruhxon Yuldashev
Composer

Texty

Barcha shodlik senga bo'lsin
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu
Barcha xumorlik menga.
Sen mening jonimni olgin
Men sening darding olay.
Barcha sog'lik senga bo'lsin
Barcha bemorlik menga.
Senga bo'lsin barcha husnu
Menga bo'lsin barcha ishq.
Kori xunxorlik menga-yu
Mehri poydorlik menga.
Bu jahonning rohatin ol
Bor azobin ber menga.
Senga bo'lsin barcha orom
Barcha bedorlik menga.
Ol o'zing koshonalarni
Menga qo'y mayxonani.
Barcha xushyorlik senga-yu
Barcha xumorlik menga.
Mayli ostonangda yotsam
Mayli quvsang tosh otib.
Bor dilozorlik senga-yu
Bor dilafgorlik menga.
Sen shahanshoxlikni olgin
Menga qullik bo'lsa bas.
Bor jafokorlik senga-yu
Bor vafodorlik menga.
Senga bo'lsin nurli kunduz
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga bo'lsin
Bor tikanzorlik menga.
Written by: Nilufar Usmonova, Shohruhxon Yuldashev
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...