album cover
album cover
Bo'ri wurde am 7. Juni 2018 von RizaNova als Teil des Albums Yigit Nolasi veröffentlicht
7. Juni 2018
LabelRizaNova
BPM
Melodizität
Akustizität
Valence
Tanzbarkeit
Energie

Songtexte

Bo'ri bo'lsang, bo'riday bo'l!
Bo'rilarning zo'riday bo'l!
Gar uvlasang, ko'kdan yulduz to'kilsin!
Ohularning jon choklari so'kilsin!
Agar bunday qila olmasang,
Unda itga cho'riday bo'l! Burgut bo'lsang, burgut bo'lgin!
Qanot yozsang, ko'kka to'lgin!
Osmon sendan shiddat kutar,
Changalingda tog'ni ko'tar!
Agar shunday qila olmasang,
Unda tamom unut bo'lgin! Yigit bo'lsang, yigit bo'lgin!
Bo'ri, ham sher, burgut bo'lgin!
Har bir so'zing qasaming bo'lsin!
Mag'rib, mashriq qadaming bo'lsin!
Agar shunday bo'la olmasang,
Bir so'z dema, sukut bo'lgin! Odam bo'lsang, odamiy bo'lgin!
Ahli iymon hamdami bo'lgin!
Yaxshilarning yaxshisi bo'lgin!
Yaxshilikning baxshisi bo'lgin!
Agar shunday bo'la olmasang,
Bu dunyoning bir kami bo'lgin! Bo'ri bo'lsang, bo'riday bo'l!
Bo'ri bo'lsang, bo'riday bo'l!
Written by: Mirzabek Xolmedov, Sardor Mamadaliyev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...