album cover
Esingdami
album cover
Esingdami wurde am 21. Dezember 2024 von Bakhrom Primkulov Music als Teil des Albums 7 veröffentlicht
Album7
21. Dezember 2024
LabelBakhrom Primkulov Music
BPM
Melodizität
Akustizität
Valence
Tanzbarkeit
Energie

Songtexte

ESINGDAMI?
Esingdami
Ming kunlik ayriliq,
Ming yilliq ayriliq esingdami?
Esingdami
Ming asrlik ayriliq,
Dunyodan cheksiz ayriliq esingdami?
Esingdami
Meni tanimasliging,
Seni bilmasligim esingdami?
Esingdami
Seni izlaganim,
Hech qachon uchrashmaganimiz esingdami?
Esingdami,
Hijron azoblari,
Uyqusiz kechalar esingdami?
Esingdami,
Bizsiz kezmagan sohillar,
Sayr etmaganimiz bog’lar esingdami?
Esingdami,
Bizsiz huvullagan ko’chalar,
Birga yashamagan uyimiz esingdami?
Esingdami,
Meni topolmay yig’laganing,
Eshitmaganing ismim esingdami?
Esingdami,
Yolg’iz-yolg’iz yurganimiz,
Baxtli bo’lmaganimiz esingdami?
Esingdami,
Senga yozmagan xatlarim,
Xatlarimning har bir so’zi esingdami?
Esingdami,
Menga qo’ng’iroq qilmaganing,
Hech qachon qo’ng’iroq qilmaganing esingdami?
Esingdami,
Birgina umr so’rab ikkimizga,
Ming hayotdan kechganim esingdami?
Esingdami?
Azizim, esingdami,
Bir hayot ham yoʻqligi esingdami?
Esingdami,
Men qurmagan hovli,
Hovlidagi daraxtlar esingdami?
Esingdami, gullar ochilgani,
“barcha gul – sensan”, deganim esingdami?
Esingdami,
Nochorgina yashaganimiz,
Tangalarni sanaganimiz esingizdami?
Esingdami,
Dunyoga kelmagan bolalarimiz,
Nevaralarimiz esingdami?
Qizlarimizning har biri – Oybarchin,
O’g’illarimiz Alpomish edi, esingdami?
Men esa
Seni eslaganim-eslagan,
Hech qachon uchrashmaganim,
Seni eslaganim-eslagan –
Birga kechirmagan
Umrimizning
Har lahzasi
Yodimdadir.
Birga kechirmagan
Eng chiroyli umrimiz
Sening
Esingdami?
Esingdami?
Written by: Bakhrom Primkulov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...