album cover
Onam
album cover
Onam wurde am 9. Juli 2026 von DURLAND als Teil des Albums ONAJON veröffentlicht
AlbumONAJON
Released9. Juli 2026
LabelDURLAND
BPM114
Melodizität
Akustizität
Valence
Tanzbarkeit
Energie

Songtexte

[Verse 1]
Ko‘zlarimni ochganimda ko‘rgan ilk chehram,
Bag‘ringizda ulg‘ayganman, azizim onam.
Har qadamda ortimdan siz duo yo‘lladingiz,
Men adashsam, to‘g‘ri yo‘lni yana ko‘rsatdingiz.
[Verse 2]
Qo‘llaringiz mehnatdan ham toliqib qolardi,
Lekin mening bir kulgimdan ko‘nglingiz to‘lardi.
Men bilmagan qancha dardni ichingizga yutdingiz,
Farzandingiz baxtli bo‘lsin, deya umr o‘tdingiz.
[Verse 3]
Dunyolarni kezib chiqsam,
Sizdek mehr topolmasman.
Qancha ulg‘ayib ketsam ham,
Oldingizda bolaman.
[Verse 4]
Onam, onam, qalbimdagi yagona bahor,
Siz bor uyda har bir kunim go‘zal va beg‘ubor.
Onam, onam, duoyingiz menga kuch beradi,
Sizni sevgan yuragim hech qachon charchamaydi.
[Verse 5]
Onam, onam, sizsiz dunyo menga tor ekan,
Bir tabassumingiz menga mingta baxtga teng ekan.
Borlig‘ingiz — eng katta boylig‘im, ishonchim,
Siz mening bu hayotdagi eng muqaddas quvonchim.
[Verse 6]
Uzoqlarda yurganimda yo‘lingizni sog‘indim,
Ostonangiz ko‘ringanda bolaligimni topdim.
Issiq nonning hidlarida mexringizni sezaman,
Bir duongiz yetar menga, yana kuchga to‘laman.
[Verse 7]
Ba’zan sizni ranjitganman, bilmay og‘ritganman,
"Kechiring", deb aytolmay ham ich-ichimdan yig‘laganman.
Endi har bir kuningizni quvonch bilan bezayman,
Roziligingizni olish uchun bor kuchimni beraman.
[Verse 8]
Sochlaringiz oqaribdi, vaqt shoshilib o‘tibdi,
Men ulg‘aygan har bir yilda sizdan bir yosh ketibdi.
Endi navbat menga keldi, yoningizda turaman,
Sizni asrab, sizni suyib, xizmat qilib yuraman.
[Verse 9]
Onam, onam, qalbimdagi yagona bahor,
Siz bor uyda har bir kunim go‘zal va beg‘ubor.
Onam, onam, duoyingiz menga yo‘l bo‘ladi,
Sizni sevgan yuragimda mehr mangu qoladi.
[Verse 10]
Onam, onam, sizsiz dunyo menga tor ekan,
Bir tabassumingiz menga mingta baxtga teng ekan.
Umringizga umr qo‘shsin buyuk Parvardigor,
Doim kulib yashang, onam, bo‘ling baxtiyor.
Written by: Rustamjon Sharipov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...