Συντελεστές
PERFORMING ARTISTS
Bahrom Nazarov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Bahrom Nazarov
Composer
Στίχοι
Men bu zamon o'zingdan yiroqda
Ne kechar, erta-kun dil so'roqda
Hijron nima u? Qalbing bu haqda tushunmas
Yosh jonimda qanchalar faryodim
Bilmadim, qay choradir najotim?
Aldanganim nahotki hayotim, tush emas?
Qorong'u qismatimdan bor ming xayollar
Sen deya bag'rim ezar zavollar
Sen tomon ketgan uzun savollar javobsiz
Nahotki men sen uchun endi hech kim emas?
Bir tasalli nahotki mumkinmas?
Bu holatim sen uchun qiziqmas, insofsiz!
Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar
Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar
Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar
Kel, ko'r!
Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar
Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar
Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar
Kel, ko'r!
Sen bu zamon o'zimdan yiroqda
Kim endi yo'ldoshing, dil firoqda?
Hijron nima, dard nima, bu haqda bilmaysan
Yo'l qarab ko'zlarim zor-ovora
Choralar ichida man be chora
Holim so'rab, qahri tosh, bir bora kelmaysan
Nahotki men sen uchun endi hech kim emas?
Bir tasalli nahotki mumkinmas?
Bu holatim sen uchun qiziqmas, insofsiz!
Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar
Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar
Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar
Kel, ko'r!
Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar
Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar
Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar
Kel, ko'r!
Kel, ko'r!
Writer(s): Bahrom Nazarov
Lyrics powered by www.musixmatch.com