Letras

Menga ham o'rgating sog'inmaslikni Barin unutmoqni o'rgating menga O'rgating goh o'ylab og'rinmaslikni Va bu ishqni qanday olmoqni yenga Menga ham o'rgating tashlab ketishni Va ayta olmoqni achchiq so'zlarni O'rgating ayamay yoshlab ketishni Izingizdan qarab qolgan ko'zlarni Menga ham o'rgating sadqasi bo'lay Ishqingiz o'rgatgan har bir saboqning O'rgating anglating men nima qilay Humori o'rtasi otash dudoqning Menga ham o'rgating suyunmaslikni Beparvo bo'lmoqni agar suysalar O'rgating hech qachon kuyunmaslikni Ishqingizdan yonib yonib kuysalar Menga ham o'rgating lazzat olishni O'zgani sevdirib o'zi sevmasdan O'rgating bir umr yodda qolishni Va kelmay ketmoqni bir so'z demasdan Menga ham o'rgating sog'inmaslikni Menga ham o'rgating sog'inmaslikni
Writer(s): Bobur Bobomurod, Sevara Nazarkhan, Sevara Nazarkhanova Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out