Paroles

Aybing oshkor bo'ldi, yuragim qon, Mayli dedim, bo'ldim man umidvor. Savolim bor – arzimasmanmu, yor? Bo'ldi azob, kutganim intizor. Yuraging bor, yana bir bor degin "ishon", Bo'lmagin faqat suratlarda yonma-yon. Yolg'izligimni menga ko'rmagin oson, Yonimda bo'l, yuragimga berma ozor. Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda, Yuragimda yasharsan, butun xayolimda. Birga bo'lgin har kunimda, har onimda, Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda. Xafa ko'ngil, og'riydi dil hamon, So'zlaydi til, ajratardi yolg'on. Ko'rib ko'zim ko'zgumda bir ahvol, Yig'lar ko'zim, oralab sochlarimga oq. Yuraging bor, yana bir bor degin "ishon", Bo'lmagin faqat suratlarda yonma-yon. Yolg'izligimni menga ko'rmagin oson, Yonimda bo'l, yuragimga berma ozor. Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda, Yuragimda yasharsan, butun xayolimda. Birga bo'lgin har kunimda, har onimda, Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda, Yuragimda yasharsan, butun xayolimda. Birga bo'lgin har kunimda, har onimda, Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda, Yuragimda yasharsan, butun xayolimda. Birga bo'lgin har kunimda, har onimda, Sen yonimda, yonimda, bo'lgin yonimda
Writer(s): Ziyoda Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out