Paroles

Huv toshlarga qor tushar, Bog'larda anor pishar. Qachon mening tog' qalbim Sen bog' bilan topishar? Huv toshlarga qor tushar, Bog'larda anor pishar. Qachon mening tog' qalbim Sen bog' bilan topishar? Ey, tog'dagi mag'rur qush, Sovuq toshga bosma to'sh! Huv darada bir qiz bor, Yostig'ining yarmi bo'sh... Cho'qqidagi qoya tosh Yolg'izlikdan egar bosh. Yakkalasa yomg'irlar Ko'zlaridan to'kar yosh. Cho'qqidagi qoya tosh Yolg'izlikdan egar bosh. Yakkalasa yomg'irlar Ko'zlaridan to'kar yosh. Bog'da ham bir tanho gul, Tanholiqdan a'lo gul, Ko'z yoshiga yuz yuvar, So'ngsiz g'amlarga mashg'ul. Sen yolg'izsan, men - diqqat, Ikkimizga yo'q shafqat. O'rtamizda ovora – Sarson bo'ldi muhabbat... Sen yolg'izsan, men - diqqat, Ikkimizga yo'q shafqat. O'rtamizda ovora – Sarson bo'ldi muhabbat. Sarson bo'ldi muhabbat, Sarson bo'ldi muhabbat, Sarson bo'ldi muhabbat. Muhabbat...
Writer(s): Yulduz Usmanova Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out