Lirik

Hijron yurak bag'rim chaqqan kuni, chaqqan kuni, Qo'li qo'llarimdan chiqqan kuni, chiqqan kuni, Olis ketdi – hech yetmadim, Qo'lim cho'zdim – tutmadim, Qo'llarimda qo'llarini izi qoldi. Sochlarimda qo'llarini izi qoldi, izi qoldi, Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi, Mendan o'tgan ayblar nima? Hayotimdan u jimgina Chiqib ketdi, hech bilmadim Baxtim ko'z yosh singari oqqan kuni, oqqan kuni, Ko'zi o'zga ko'zga boqqan kuni, boqqan kuni, Baxtim menga hech bitmadi, Bir on ko'zdan ketmadi, Ko'zlarimda ko'zlarining aksi qoldi. Sochlarimda qo'llarini izi qoldi, izi qoldi, Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi, Mendan o'tgan ayblar nima? Hayotimdan u jimgina Chiqib ketdi, hech bilmadim Sochlarimda qo'llarini izi, izi, izi qoldi, Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi, Mendan o'tgan ayblar nima? Hayotimdan u jimgina Chiqib ketdi, hech bilmadi. Qo'llar qoldi u tomon talpinib, Qaytgil, deb ming bor yolvordim o'tinib, Aksi qolgan ko'zimdan sochib yoshimni, Usiz qorlar bosdi qora sochimni. Sochlarimda qo'llarini izi qoldi, izi qoldi, Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi, Mendan o'tgan ayblar nima? Hayotimdan u jimgina Chiqib ketdi, hech bilmadim
Writer(s): Bahrom Nazarov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out