Video musicale

In primo piano

Crediti

PERFORMING ARTISTS
Sardor Tairov
Sardor Tairov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Sardor Tairov
Sardor Tairov
Lyrics

Testi

Taqdirimga bitmagan yor, eding yarim bo'lagim Axir ko'zlaringni takror ko'rmoq edi tilagim Seni yana bir bor ko'rib, ezildi-ya yuragim Yuragim, yuragim Ko'rdim-u ammo ne qilay, bordir yoningda yoring? Band etganda endi o'sha sening fikr-u xayoling Umidimga qo'ydi nuqta sening ushbu qaroring Qaroring, qaroring Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi? Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam? Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi? O'zidan tonmasmidi sevmasam? Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi? Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam, ko'rmasam? Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi? O'zidan tonmasmidi sevmasam? Baxt o'rniga armonlarni tashlab ketding Visolgamas hijronlarga boshlab ketding Yuragimni parcha-parcha g'ashlab ketding Nishlab ketding Ayb o'zimda, kerakmasdi sevmasligim, sevmasligim Sevgini deb jonni o'tga, suvga hadeb urmasligim Kerak edi, kerak edi sevgini hech bilmasligim Bilmasligim, bilmasligim Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam? Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi O'zidan tonmasmidi sevmasam? Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi? Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam, ko'rmasam? Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi? O'zidan tonmasmidi sevmasam?
Writer(s): Sardor Tairov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out