Crediti
PERFORMING ARTISTS
Sevara Nazarkhan
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Севара Назархан
Composer
Энахон Сиддикова
Songwriter
Testi
Sevilmoqlik uchun keldik dunyoga
Ishq o'tin bo'layin o'choqlaringga
Bizni yaratgandir qodir Xudoyim
Ishqning baland dor sirtmoqlariga
Bu dunyo tuzoqdir, faryod na hojat
Tushaylik faqat ishq tuzoqlariga
Ishq magar jahannam bo'lsa, chorlagin
Jannat qolib kirgum do'zaxlariga
Ishqimiz xudoyi-qurbonlik asli
Jonimiz tikilgan bayroqlariga
Bizni ishq mulkiga hukm etsin Xudo
Surgun qilsin abad qiynoqlariga
Ishqimiz xudoyi-qurbonlik asli
Jonimiz tikilgan bayroqlariga
Bizni ishq mulkiga hukm etsin Xudo
Surgun qilsin abad qiynoqlariga
Bu dunyo tuzoqdir, faryod na hojat
Tushaylik faqat ishq tuzoqlariga
Ishq magar jahannam bo'lsa, chorlagin
Jannat qolib kirgum do'zaxlariga
Sevilmoqlik uchun keldik dunyoga
Ishq o'tin bo'layin o'choqlaringga
Bizni yaratgandir qodir Xudoyim
Ishqning baland dor sirtmoqlariga
Ishq deya qiyomat qadar borurmiz
Gunohimiz ishq deb so'roqlariga
Ona gul to'kilsak qatra nur bo'lib
Azal sarkotibin siyohlariga
Sevilmoqlik uchun keldik dunyoga
Ishq o'tin bo'layin o'choqlaringga
Bizni yaratgandir qodir Xudoyim
Ishqning baland dor sirtmoqlariga
Ishqimiz xudoyi-qurbonlik asli
Jonimiz tikilgan bayroqlariga
Bizni ishq mulkiga hukm etsin Xudo
Surgun qilsin abad qiynoqlariga
Ishqimiz xudoyi-qurbonlik asli
Jonimiz tikilgan bayroqlariga
Bizni ishq mulkiga hukm etsin Xudo
Surgun qilsin abad qiynoqlariga
Ishqimiz xudoyi-qurbonlik asli
Jonimiz tikilgan bayroqlariga
Bizni ishq mulkiga hukm etsin Xudo
Surgun qilsin abad qiynoqlariga
Written by: Севара Назархан, Энахон Сиддикова

