album cover
ONAGINAM
album cover
ONAGINAM è stato pubblicato il 10 marzo 2020 da Yulduz Usmonova come parte dell'album 2020 (2020)
10 marzo 2020
EtichettaYulduz Usmonova
BPM
Melodicità
Acousticità
Valence
Ballabilità
Energia

Video musicale

Video musicale

Testi

Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash
Ham egilib, bu egilmas bosh
Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh
Bu holimga berolmay bardosh
Bir mushtipar onam yig‘laydir
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir
Qaytar bo‘lsam quruq qo‘l ovdan
Qora qozon qolsa qaynovdan
Ham ayrilib o‘lja, ulovdan
Qarzga botar bo‘lsam birovdan
Taskin berib onam yig‘laydir
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir
Onaginam, qadring bilmas farzandingman, onajon
Onaginam, onaginam, eh, onajon
Onaginam, qadring bilmas farzandingman, onajon
Onaginam, onaginam, eh, onajon
Birda haqdin, birda nohaqdin
Jabr ko‘rsam bir betavfiqdin
Ortda tursam qalbi quroqdin
Qadrim xarob bo‘lsa tuproqdin
Ohlar urib onam yig‘laydir
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir
Sinalmoqning gali kelganda
Nogoh mag‘lub bo‘lsam maydonda
Nomim qolmas bo‘lsa jahonda
Kim do‘st-dushman bilinar onda
Ahvolimga onam yig‘laydir
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir
Onaginam, qadring bilmas farzandingman, onajon
Onaginam, onaginam, eh, onajon
Onaginam, Makkayu Madinamsandir, onajon
Onaginam, onaginam, eh, onajon
Onaginam, qorong‘ulikda bir quyoshimsan, onajon
Onaginam, onaginam, eh, onajon
Onaginam, duolar bilan yonimdasan, tog‘imsan
Onaginam, onaginam, eh, onajon
Og‘a-ini o‘rtasida gap…
Alhol kelib chiqsa ixtilof
Biri izzat, biri mulk talab
— Bu oq sutim, mehrimga xilof, —
Deya sho‘rlik onam yig‘laydir
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir
Yolg‘on yig‘laydir
Written by: Yu.Usmonova
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...