album cover
tush
2
Hip-Hop/Rap
tush è stato pubblicato il 17 ottobre 2025 da NOTHUSH Uzbekistan come parte dell'album faktotum
album cover
Data di uscita17 ottobre 2025
EtichettaNOTHUSH Uzbekistan
Melodicità
Acousticità
Valence
Ballabilità
Energia
BPM86

Crediti

PERFORMING ARTISTS
qarz
qarz
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Холматов Санжар Ибрагимович
Songwriter

Testi

A-a
Kecha tushimga ikkinchi bor kirding yana
Sandan keyin qoladigani faqat ogʻriq, yara
Tuygʻuga toʻlgan kosam yoriladi, qolib yarim
Hozir baxtli boʻlsang, demak hisobmas boy berganim
Hajringda zabt etishga tayyor edim borliqlarni
Farqi yoʻq, ma’yus gitarami yoki fortepyano
Oʻnlab qalblar ichida qidirsa-ku faqat sani
Bagʻrimdagi yurak yosh bolamidi, aldagani?
Farqiga borolmay qoldim kunduz yoki kechani
Yurak oʻz joyida, lekin ne ishlar kuchanib?
Qaygʻu yana qulogʻimga qayta tanish kuy chaldi
Nima xohlashini bilmas qalbni sevdim shunchalar
Ba’zan, yoʻlimdan adashib, oʻtib qolsam koʻchangdan
Tuygʻular nafas qidirar havosi yoʻq burchakda
Bagʻrim yirik bir chandiq, eslamasamda shunchaki
Kecha tushimga ikkinchi bor kirding yana
Ayt, koʻzlaring tubi namincha chuqur?
Yolgʻizlik shirin, ba’zan, ba’zan achchiqdir
Yirik yongʻinlarga sabab balki bir uchqunmi?
Vaqtida voz kechganim baxtli boʻlishing uchundir?
Ayt, koʻzlaring tubi namincha chuqur?
Yolgʻizlik shirin, ba’zan, ba’zan achchiqdir
Yirik yongʻinlarga sabab balki bir uchqunmi?
Vaqtida voz kechganim baxtli boʻlishing uchundir?
Ortimga sanchilgan pichoq goʻyo tanam a’zosi
Xotiram tegdi jonimga sani soʻrab asosan
Aqlimga sigʻmagan mol, dunyo yo biron lavozim
Esimda, qandaydir qoʻshiq nomi «Sevgi fazosi»
Hozir eslab shuni ma’yus ichimda kulib qoʻydim
Chalkash tuygʻu go’yo kunduz janoza, kechga toʻydek
Rostini aytsam, shu xotiralardan rosa toʻydim
Indamay oʻtib ketsam kerak koʻrsam koʻcha-koʻyda
Ayt, koʻzlaring tubi namincha chuqur?
Yolgʻizlik shirin, ba’zan, ba’zan achchiqdir
Yirik yongʻinlarga sabab balki bir uchqunmi?
Vaqtida voz kechganim baxtli boʻlishing uchundir?
Ayt, koʻzlaring tubi namincha chuqur?
Yolgʻizlik shirin, ba’zan, ba’zan achchiqdir
Yirik yongʻinlarga sabab balki bir uchqunmi?
Vaqtida voz kechganim baxtli boʻlishing uchundir?
Written by: Холматов Санжар Ибрагимович
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...