album cover
Ramazon
292
Pop
Ramazon è stato pubblicato il 28 agosto 2021 da NEVO Music come parte dell'album Gulim - EP
album cover
Data di uscita28 agosto 2021
EtichettaNEVO Music
LinguaEnglish
Melodicità
Acousticità
Valence
Ballabilità
Energia
BPM89

Crediti

PERFORMING ARTISTS
Seero7
Seero7
Vocals
COMPOSITION & LYRICS
Seero7
Seero7
Arranger, Songwriter, Composer
PRODUCTION & ENGINEERING
Seero7
Seero7
Producer

Testi

Hayotda nimalar ko'rdik, nelar bo'lmadi sodir
Yaratganning irodasi, bular emas tasodif
Mehribon Allohim, o'zingsan bariga qodir
Gunohlarimni kechir, qiynaydi havotir
Keldi mohi ramazon, yetkazganingga shukur
Namoz o'qigin do'stim, Allohga qilib zikr
O'zi hayot berdi bizga, olguvchi o'zi uni
Haq yo'lida bo'laylik, o'zi qo'llaydi bizni
Boshga qilinch kelsa ham, voz kechmagin diningdan
Shundayin ajdodlarni, kelajak avlodimiz
Suygan bandasiga berar, dardu va zaxmatni xam
Kunimiz bitmasa gar, cho'lda ham berar rizqimiz
Borar joyi aniqdir, shoxu va gadoni ham
Yig'ib terganimiz befoyda bo'larkan bir kuni
Xush kelibsan ramazon, quvonch eshigin ochib
Hayotimiz mazmuni, Islomning ustuni
Yaratgan bergan imkonim
Qadami muboraksan ramazon
Barchadan eng ulug' mehmonim
Rasululloh suygan ramazon
Yaratgan bergan imkonim
Oylarning sultonisan ramazon
Senda toblanadi iymonim
Islomning ustunisan ramazon
Xush kelibsan Ramazon tor qalbimning minbariga
Charchagan sinovlardan lekin sanda yeng shimargan
Hislarimni aks ettiraman musiqamda har gal
Bu hayotim zar, yaratgan Allohim zargar
Baxt ne desa man uchun, o'qimoq besh mahal namoz
Tashvishlardan yiroq bo'lib, chiqarmasaydim ovoz
Hayot huddi qo'l soat, o'zimiz ekan soatsoz
Bazan ko'rib kulaman, aksimni man masxaraboz
Yashashdan charchadi bu yurak alamzada
Kibr bo'ronida qolganlar orasida
Tushlarimda ko'rsaydim, aqalli bir bora
Rasululloh sizni, vaqtim tugamasidan
Hayot qanchalar, oyog'imdan chalar
O'zingga man iltijoda, berk yo'llarim ochilar
Har bir sinoving nemat, kurashga ishtiyoq oshirar
Xush kelibsan Ramazon, quvonchlarni toshira
Yaratgan bergan imkonim
Qadami muboraksan ramazon
Barchadan eng ulug' mehmonim
Rasululloh suygan ramazon
Yaratgan bergan imkonim
Oylarning sultonisan ramazon
Senda toblanadi iymonim
Islomning ustunisan ramazon
Written by: Seero7
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...