album cover
O'zbegim
album cover
O'zbegim è stato pubblicato il 16 settembre 2026 da A-Music come parte dell'album Sog'insam
16 settembre 2026
EtichettaA-Music
BPM89
Melodicità
Acousticità
Valence
Ballabilità
Energia

Testi

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, O'zbegim.
Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, O'zbegim.
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, O'zbegim.
So'ylasin Afrosiyob
So'ylasin O'rxun xati,
Ko'hna tarix shodasida
Bitta marjon, O'zbegim.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,
Al-Farob avlodidan,
Asli nasli balki O'zluq,
Balki Tarxon, O'zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag'rida dog' uzra dog',
Chingizu Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, O'zbegim.
Chingizu Botu tig'iga
Ko'ksi qalqon, O'zbegim.
Tuzdiyu Mirzo Ulug'bek
Ko'ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk
Qo'ydi narvon, O'zbegim.
Mir Alisher na'rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She'riyat mulkida bo'ldi
Shohu sulton, O'zbegim.
Mirzo Bobur – sen, fig'oning
Olam uzra soldi o't,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, O'zbegim.
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug'yon, O'zbegim.
Ortda qoldi ko'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam.
Ortda qoldi ko'hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam.
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, O'zbegim.
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, O'zbegim.
Qayga borsam, boshda do'ppim,
G'oz yurarman gerdayib,
Qayga borsang, boshda do'pping,
G'oz yurarsan gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, O'zbegim.
Olam uzra nomi ketgan
O'zbekiston, O'zbegim.
Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksi osmon, O'zbegim.
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksi osmon, O'zbegim.
Bo'ldi osmoning charog'on
To'le xurshidi bilan,
Bo'ldi asriy tiyra shoming
Shu'la afshon, O'zbegim.
Madh etarman, ona yurtim,
Ko'kragimni tog' qilib,
Ko'ksida tog'lar ko'targan
Tanti dehqon, O'zbegim.
Ko'ksida tog'lar ko'targan
Usta dehqon, O'zbegim.
O'zbegim, deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O'zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, O'zbegim.
Men buyuk yurt o'g'lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo'lsam
Sodiq o'g'lon, O'zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon O'zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon O'zbegim.
Erkin o'g'lingman, qabul et,
O'zbegim, jon O'zbegim.
Written by: Sherali Jo'rayev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...