クレジット
PERFORMING ARTISTS
Tohir Sodiqov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Tohir Sodiqov
Arranger
歌詞
Vijdonim pok, iymonim but,
Taqdirga tan berib yashayman.
Ko'madi to'fonlar, buzadi yomonlar,
Atrofim zaharli to'rga aylangan.
To hayotman zoru xorman,
Essiz, dunyoda vafo ko'rmayman.
Ojiz dilim, so'zsiz tilim,
Qani mazmun bu hayotdan?
Qadr nima, ishonch nima?
O'tli dardlar bag'rim tilar.
Singan hayot, dilda isyon,
Yolg'iz alam iymon deydi.
Tikanli masofa, alamli nola,
Erkinlik istagi umid bag'ishlar.
So'nggi nafasda botib ketgan tanam
Yashayman, yashayman, yashayman deydi.
To hayotman zoru xorman,
Essiz, dunyoda vafo ko'rmayman.
Ojiz dilim, so'zsiz tilim,
Qani mazmun bu hayotdan?
Qadr nima, ishonch nima?
O'tli dardlar bag'rim tilar.
Singan hayot, dilda isyon,
Yolg'iz alam iymon deydi.
Qadr nima, ishonch nima?
O'tli dardlar bag'rim tilar.
Singan hayot, dilda isyon,
Yolg'iz alam iymon deydi.
Written by: Tohir Sodiqov