ミュージックビデオ

ミュージックビデオ

クレジット

PERFORMING ARTISTS
Sardor Mamadaliyev
Sardor Mamadaliyev
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Sardor Mamadaliyev
Sardor Mamadaliyev
Composer

歌詞

Yillar sochlariga to'ldiribdi oq
Bugun ajinlariga nazar solibman
Bolamning bo'yiga termulib, ey voh
Onam qariganin sezmay qolibman
Yillar sochlariga to'ldiribdi oq
Bugun ajinlariga nazar solibman
Bolamning bo'yiga termulib, ey voh
Onam qariganin sezmay qolibman
Qachon men onamning qadriga yetdim?
Bevafo do'st-yorga jon fido qildim
Bugun ich-ichimdan ezilib ketdim-ey
Onam qariganin sezmay qolibman
Bugun ich-ichimdan ezilib ketdim-ey
Onam qariganin sezmay qolibman
Dunyoda "dunyo", deb yugurib yeldim
"Bormisan, sog'indim, kel", desa keldim
Duoga qaltirab qo'l ochgach bildim-ey
Onam qariganin sezmay qolibman
Duoga qaltirab qo'l ochgach bildim-ey
Onam qariganin sezmay qolibman
Yurakdan quchdim-u, yuragim pora
Meni deb o'zidan kechgan bechora
Yurakdan quchdim-u, yuragim pora
Meni deb o'zidan kechgan bechora
O'zim bilan o'zim bo'ldim ovora
Onam qariganin sezmay qolibman
Yerdagi Farishtam, ko'kdagi Oyim
Boshlandi dilimda Qiyomat qoyim
Bandangni g'aflatdan qutqar, Xudoyim-ey
Onam qariganin sezmay qolibman
Bandangni g'aflatdan qutqar, Xudoyim
Onam qariganin sezmay qolibman
Written by: Sardor Mamadaliyev
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...