유사한 곡
크레딧
실연 아티스트
Manzura
실연자
작곡 및 작사
Manzura
작곡가
Bobur Umarov
송라이터
가사
Asir etib, meni tutqun etib,
Qiynaydi sevgi hijroni.
Ayriliqdan o'tib va manzilga yetib,
Uchrataman seni, jonim.
Maxfiy nigohlar, so'zlashadi qalblar,
Tillarimiz esa ojiz.
Dunyo to'xtab qolar, tinadi sadolar,
Qolamiz faqat ikkimiz.
Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo'qotgim kelmas.
Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging.
Tasodif emas...
Tuyg'ular cheksiz, bilmas chegara,
Hech narsa emas to'siq.
Ko'zlarimga sen bir bora qara,
Armonda qolsin ayriliq.
Yonimdan hech ketmasang bas,
Bir zumga seni yo'qotgim kelmas.
Tasodif emas uchrashuvimiz,
Samoda yonar baxt yulduzimiz,
Taqdirim sensan, menman taqdiring,
Ertaging menman, menman ertaging.
Tasodif emas...
Writer(s): Bobur Umarov
Lyrics powered by www.musixmatch.com