album cover

Chirog'im

3973Pop2018
album cover
Utwór Chirog'im został wydany 1 stycznia 2018 przez RizaNova jako część albumu Qaydasan Gulim
Data wydania1 stycznia 2018
WytwórniaRizaNova
BPM95
Melodyjność
Akustyczność
Valence
Taneczność
Energia

Tekst Utworu

Kechalari yolg'izlikda sani tashlab qo'ydim,
Sani xafa qilib, man xato qilib qo'ydim.
Tan olaman, olaman, olaman man, {}
Kechir, nozik ko'nglingni og'ritganim uchun,
Og'ritganim uchun.
San bilan birga yangi hayot boshlay deb keldim,
U qizlarning hammasiga xayr deya keldim.
Yuragimning nolalari, tushundim, faqat seni der,
Bilmas edim kechalari yig'laysan deb men deb.
Ishon, meni sevarsan deb o'ylamas edim ishon,
O'ylamas edim.
San mani chirog'im,
San mani yo'llarimni yoritadigan, yori-yoritadigan.
San mani quyoshim,
San sovuq yesam, mani ilitadigan, ili-ilitadigan.
Ilitadigan, ili-ilitadigan,
Yuragimni mani eritadigan.
San mani yomg'irim, san cho'llarda qutqaradigan,
Mani qutqaradigan.
Kechirgin meni bergan ozorlarim uchun o'shanda,
Kechirgin meni, qadringga yetmagan ekanman o'shanda.
Sog'indim seni, faqat o'zingni, qora ko'zingni.
Mani gaplarim ko'p senga, ko'zlarimga qarab,
Bekorga emas bu, so'zlarimni tingla.
Mani ko'p o'ylaysan deb, o'ylamasdim kechalari.
E qo'ying-ey, dema, hammasini eshitdim.
Dugonalaring aytib berdi hislaring,
Ulardan xafa bo'lma, sochib yurma achchig'ing.
Nega ko'ngling borligini bildirmading?
Axir bilardingku, san manga yoqarding.
Bilmagan ekanmanku, san mani bunchalar sevasan deb,
Bilmagan ekanmanku, shundoq qiz mani baxtli etarkan deb.
O'ylab ko'rmagan ekanmanku, o'ylab ko'rmagan ekanmanku,
O'ylab ko'rmagan ekanmande, qaylardasan, yonimga kel.
San bilan birga yangi hayot boshlay deb keldim,
U qizlarning hammasiga xayr deya keldim.
Yuragimning nolalari, tushundim, faqat seni der,
Bilmas edim kechalari yig'laysan deb men deb.
Ishon, meni sevarsan deb o'ylamas edim ishon,
O'ylamas edim.
San mani chirog'im,
San mani yo'llarimni yoritadigan, yori-yoritadigan.
San mani quyoshim,
San sovuq yesam, mani ilitadigan, ili-ilitadigan.
Ilitadigan, ili-ilitadigan,
Yuragimni mani eritadigan.
San mani yomg'irim, san cho'llarda qutqaradigan,
Mani qutqaradigan.
Written by: Zohid Risqiyev

Stopka Shazam

Wybierz język:
Google Play Store
Apple App Store
Chrome Web Store
Galaxy Store

Obserwuj nas

Loading...