Kredyty
PERFORMING ARTISTS
Javohir Usmon
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Sunnat Sultan
Songwriter
Tekst Utworu
Javob ber may qilsam qo\'ng\'iroq
qon ko\'ksimdan quduq o\'ydingiz
sog\'intirib chektirib firoq
nega meni sevmay qo\'ydingiz
Lablarimda labingiz tami
yeb bitirdi vaslingiz g\'ami
o\'chmasdan turib umrimning shami
nega meni sevmay qo\'ydingiz
Sim qoqmaysiz telefonim jim
qo\'ng\'iroqqa taqiq qo\'ygan kim
lol turibman ko\'zyoshlarim lim
nega meni sevmay qo\'ydingiz
Qayda qoldi ichilgan qasam
kaftingizga kaftim qo\'ygan dam
tonglar otar bolish bag\'ri nam
nega meni sevmay qo\'ydingiz
Yo kimlardir qildimi g\'iybat
Yuragimda gumonlar qat qat
Jo\'natibsiz naqshindor to\'y xat
nega meni sevmay qo\'ydingiz
Written by: Sunnat Sultan

