album cover
May
3394
Pop
Utwór May został wydany 7 maja 2019 przez Maestro jako część albumu Tun
album cover
AlbumTun
Data wydania7 maja 2019
WytwórniaMaestro
Melodyjność
Akustyczność
Valence
Taneczność
Energia
BPM94

Kredyty

PERFORMING ARTISTS
Shaka
Shaka
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Shaka
Shaka
Composer

Tekst Utworu

- Voy, Shaka!
Yetar hamma joy-joyiga...
(May ichsang, oqil-u dono bilan ich)
(Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich)
(Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich)
(Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich)
Bir qo'lda Qur'on-u, bittasida jom
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom
Men keldim-u, dunyo ko'rdimi foyda?
Ketsam martabasi osharmi? Qayda!
Hech kim tushuntirib bera olmadi:
Kelishim - ketishim sababi qayda?
Dedim, endi mayi-gulgun ichmayman
May tok qoni, men xun ichmayman
Keksa qalbim aytdi: "Shu gaping rostmi?"
Dedim: "Hazillashdim, nechun ichmayman?"
Sen bo'lsang-u, men bo'lsam-u, may bo'lsa (Uha)
O'rtada bir qizil gul ham nay bo'lsa (Uha)
Nayni chalib navo qilsang nozanin
Jon bermoqqa yurakkinam shay bo'lsa (Muah)
O'ylama pulsiz-u nochor ichmayman
Rasvolikdin qilib yo or ichmayman
Men mayni dilxushlik uchun ichardim
Bu kun-chi, qalbim-da sen bor ichmayman!
May ichsang, oqil-u dono bilan ich
Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich
Oz-oz ich, goh-goh ich ham yashirin ich
Ezma, rasvo bo'lma, hayo bilan ich
Tong chog'ida turgil, nozanin go'zal
Maydalab ichaylik, rubbobingni chal
Dunyoda bor odam uzoq turmaydi
Ketganlari qaytib kelmas hech mahal
Mastni ta'na qilma, ichmasang sog'ar
G'iybat - doston qilma, bo'lma hiylagar
Kekkaya ko'rma hech may ichmayman deb
Sening qilmishlaring bundan beshbattar
May ichsa gado ham sulton bo'ladi
Tulki ichsa, sheri xoron bo'ladi
Yosh ichsa keksalik sharafin quchar
Keksa ichsa yosh-u, chaqqon bo'ladi
Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam
Maydan yechilmagan biror tugun kam
Bir qultum may ichgan bo'lsaydi Shayton
Ming sajda qilardi odamga ul ham
(Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton)
(Ming sajda qilardi odamga ul ham)
(Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton)
(Ming sajda qilardi odamga ul ham)
(Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton)
(Ming sajda qilardi odamga ul ham)
(Bir qultum may ichgan bo'lsa Shayton)
(Ming sajda qilardi odamga ul ham)
- Oh, Jon, bilsang bugun faqat Shaka uchun raqs tushaman!
Shaka!
Shaka!
Written by: Shaka
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...