album cover
12
251
Pop
12 foi lançado em 22 de maio de 2026 por Yuzlabel como parte do álbum 12 - Single
album cover
Data de lançamento22 de maio de 2026
SeloYuzlabel
Melodicidade
Acusticidade
Valence
Dançabilidade
Energia
BPM84

Créditos

INTERPRETAÇÃO
Konsta
Konsta
Interpretação
COMPOSIÇÃO E LETRA
Alinur Rashidov
Alinur Rashidov
Composição
Sharif Abdullaev
Sharif Abdullaev
Letra

Letra

Bitta ritmda butun mahalla
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar
Bitta nafasda yoshlar-u qarilar
Bu oʻyinda qatnashadi hamma
Bitta ritmda, bir tan-u jon
Butun oʻttiz sakkiz million
Hamma hayajonda, yuragi bilan maydonda
Bu insonlar shuncha yillar taslim boʻlmagan oson
Kimdir oilasidan uzoqda ishda
Kimdir oʻqishda yoki boshi tashvishda
Kimdir harakatda tinmay, yopishga geshtalt
Uyga topishga usta, devorni yopishga gʻishtdan
Kimdir oliy ma’lumotli, oʻqishda pishgan
Kimdir-kimdir esa yoshlikdan pul topishga kirishgan
Kimdir oʻrnini izlab, koʻchdi koʻp ishdan ishga
Kimdir esa ijodkor, qiziqmas topish-turishga
Farqi yoʻq, kiyiming butikdanmi, bozordanmi
Tushliging restoran yoki uyda qora qozondanmi
Har kuni dammi, yoki-da toʻxtamaysan azondan?
Toʻymay quruq sondan, yoʻlingni izlamaysan osondan, yey
Biz millionlarmiz, hammamiz har xil
Boʻlsa, bordir koʻchalar-u mahallamiz farqi
Bugun bir nafasda yurtimning shimol-u sharqi
Oʻn ikkinchi oʻyinchi — bu har kim
Bitta zarba, bir imkon, oʻttiz sakkiz million
Birga xuddi bir inson, bu oʻttiz toʻrt yillik yoʻl
Natija berdi shuncha yil-mehnat, sabr-qanoat
Har bir uy va xonadon bugun bitta bir jamoa
Bitta zarba, bir imkon, oʻttiz sakkiz million
Birga xuddi bir inson, bu oʻttiz toʻrt yillik yoʻl
Oʻn bir qahramon maydonda, oʻn ikkinchisi — bu sen
Bu men, bu biz, birga oʻyindamiz

RE.M
Written by: Alinur Rashidov, Sharif Abdullaev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...