Letra

(O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim) (Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q) (Jonimni ol sendan kelsa kechgim) (Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l) (Yana yo'l, O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim) (Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q) (Jonim, Jonimni ol sendan kelsa kechgim) (Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l) Hozir lek yana yo'l, qaytaman uyga yomg'irdan pana yo'q Hech kim kutmagan makonga, sudrar tanim, nam oyoq Qaytishga shay hammayog'im, qilmasam ham ayon Yashirsamam ko'zlarimdan, charchaganim namoyon Kelgandik o'ylab oilani, ta'minlashga ishga joylanib Bedor tunlar sanab oylarni, yuribmiz arqonsiz boylanib Vaqt sekin-u yillar tez o'tar eshitib bir xil kuylarni Kelin bilan to'ldirib uylarni, tengdoshlarim ulgurdi uylanib Baxtli bo'lilar do'stim, baxtli farzandlar o'stir Aytolmadim to'yinda to'stim, chegaralar to'stdi Suratlarda to'ylar, ulg'aygan do'stlar yarashib ko'ylak Vaqt o'tyapti borgan sari tinchlik bermay shu o'ylar Yo'llarmizdan, alishtirdi bu binolar Sen bilan qilgan orzularimiz yo'qotdik bu shaharda Bu shahar inson qo'liga berib qalbidagi nolalar Qayerdasan farishtam yo'l ko'rsat qo'llarimdan usha, har dam Hozir lek yana yo'l O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l Yana yo'l, O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonim, Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l Ko'zim ochsam uydaman, telefonim jiringlar Ko'tarsam o'rtoqlarim, ha keldinglarmi, kiringlar Xayrlashardi hamma, kelganmushlar kuzatgani Ketayotganmushman Moskvaga kamim tuzatgani Nega shunday hammaga, xayr deb hatladim ostonam Bo'lmasdi shuncha dardim, bo'lmasdi shuncha dostonim Bilmadim, ketmasam vatanni shuncha sevarmidim Ketmasam uyda bo'lish baxtini, sezarmidim Tushim ekan bilsam bu, nimadur yetmasdi Ha uyg'ongim kelmasdi, tushda qolsam ketmasdim Bugun uyqim kelmasdi, lek ko'rgim kelar tushda Chunki faqat tushimda, uchardim erkin qushday Shu tushdagi shahrimda, qolib ketgan bir qismim Endi meni ko'plar taniydi lek bilishmas ismim Va yana bir qismim, joylandi shu kuyga Sog' bo'lilar yorug' yuz bilan qaytaylik uyga (Sog' bo'lilar yorug' yuz bilan qaytaylik uyga) O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l Yana yo'l, O'zga yurtda shox bo'lmadi hech kim Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo'q Jonim, Jonimni ol sendan kelsa kechgim Qaytaman bag'ringa vatanim, hozir lek yana yo'l
Writer(s): Abdullayev Sharif Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out