Слова

Mana hanuz bo'z ko'zlarimni bir hijron to'sar Yoki umrim chog'im har dam bu dardlar bezar Yod-u fikrim ne zamonki, o'tlarga solib Sevgidan kelgan a'lamlar bag'rimni ezar Bilmadim qay bir fursat begonalar bo'ldi u yor Bilmadim qay bir xato ayriliqqa etdi duchor Bilmadim sevgi aybmi yo sevgan dilmi gunohkor Bilmadim, bilolmadim, bilganim shu — begona yor! Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay? Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray? Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay? Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray? Ne dard bu, darmoni hijron, dilni qiynar har on, oh yomon Ne g'am bu, farmoni armon, dilni qiynar har on begumon Kundan kun qiynar hijron, yor, vasling endi armon Bir lahza endi seni ko'rmoqqa yo'qdir imkon Ko'ksimda hijron dardi, qaylarda bo'lma mayli, bo'l omon, bo'l omon Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay? Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray? Hasratim bor, ko'ksim uzra bu dardim talay Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay? Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so'ray?
Writer(s): Sardor Tairov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out