Слова

Asir etib, meni tutqun etib, Qiynaydi sevgi hijroni. Ayriliqdan o'tib va manzilga yetib, Uchrataman seni, jonim. Maxfiy nigohlar, so'zlashadi qalblar, Tillarimiz esa ojiz. Dunyo to'xtab qolar, tinadi sadolar, Qolamiz faqat ikkimiz. Yonimdan hech ketmasang bas, Bir zumga seni yo'qotgim kelmas. Tasodif emas uchrashuvimiz, Samoda yonar baxt yulduzimiz, Taqdirim sensan, menman taqdiring, Ertaging menman, menman ertaging. Tasodif emas... Tuyg'ular cheksiz, bilmas chegara, Hech narsa emas to'siq. Ko'zlarimga sen bir bora qara, Armonda qolsin ayriliq. Yonimdan hech ketmasang bas, Bir zumga seni yo'qotgim kelmas. Tasodif emas uchrashuvimiz, Samoda yonar baxt yulduzimiz, Taqdirim sensan, menman taqdiring, Ertaging menman, menman ertaging. Tasodif emas...
Writer(s): Bobur Umarov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out