Слова

Sevgi nima - azob-hijronmi yoki dilni mast etuvchi may? Sevgi nima - bu imtihonmi yoki tong payt yig'latuvchi nay? Sevgi nima - ahd-u vafomi, dilga cho'kkan xohish-xatomi? Sevgi nima - o'tli nafasmi yoki shunchaki orzu-havasmi? Sevgi nima - go'zal ijodmi, sevishganlar umrbod shodmi? Sevgi nima - ilohiy kuchmi yoki faqat itoat-burchmi? Sevgi nima - bir shirin tushmi yoki sevib so'ng unutishmi? Sevgi nima? (Sevgi nima?) Aaayyt! Sevgi nima? (Sevgi nima?) Ayt! (Ayt!) Ayt! (Ayt!) Kimga keragi bor yaralangan dil? Nega boshqasin sevaman demaydi til? Qoldim bir o'zim dilda og'rig'im bilan Sog'indim yulduzim osmon esa baland Alam! Alam! Qizig'i yo'q olam Atrof to'la odam, jargacha bir qadam Hech kim bermas yordam Dunyo qorong'u g'am. Maylimi so'rasam? Maylimi so'rasam? Kimlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring? Kimning yuzini ayt silaydi qo'llaring? Kimning mehridan so'ng men bo'ldim keraksiz? (keraksiz) Nega menga og'ir, nega og'ir sensiz? (sensiz) Yuragim tubida hukm suradi dard (dard) Ichimdan sezaman sendan kechmog'im shart! (shart) Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim Lek baribir Sevgi nima - bu azob yoki malham? Bu savolga javob yo'q xato menda ham Kuyga solaman dildan chiqqan so'zlarimni Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni Sevgi nima o'zi, nega unga intilamiz? Mushkul erishamiz so'ngra oson yo'qotamiz Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat Unda meni hech kim qutqarolmaydi toabad
Writer(s): Argonov Shahriyor Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out