Lyrics

Bu yurak halovati yo'q xastami Bu yurak yongudek, hali ham payvastami? Bu yurak, u bir yonda xastami Bu yurak haligidek hamon havasdami? Kun va tunlar almashadi asta Sen nechundir hali ham mendan-da arazda Tun bag'rida sog'inchlardan bedor Meni kutib, dard yutib, ado bo'lding, ado Ey yorim, bil, sen uchun Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor Bu dil yonar sen uchun Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali (Hali-hali... har zum... har tun... hali... Hali-hali... har zum... har kun... hali-hali bor.) Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi Bu sevgi yongudek, ishq azobi dardmidi? Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi Bu sevgi haligidek, hijron dog'i dardmidi? Kundan-kunga yuragim shikasta Xafa qilar yorim-ey, ayb kimda bilmasdan Uchrashuvga chiqar edim, ammo Oliy hakam – vaqtim kam, bu juda muammo (Hali-hali... hali-hali... Ey yorim, ey yorim...) Ey yorim, bil, sen uchun Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor Bu dil yonar sen uchun Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali Ey yorim... har zum... har zum... har tun... hali-hali bor... Har zum... har zum... har tun... hali-hali bor...
Writer(s): Ziyoda Kabilova, Ziyoda Kabilov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out