album cover
Menman
914
Pop
Menman was released on September 28, 2020 by 2419466 Records DK as a part of the album Menman - Single
album cover
Release DateSeptember 28, 2020
Label2419466 Records DK
LanguageEnglish
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM189

Credits

COMPOSITION & LYRICS
Shuhrat Daryo
Shuhrat Daryo
Songwriter
Nurmuhammad Isroil
Nurmuhammad Isroil
Songwriter

Lyrics

Qalamman qog'ozni qucha olmagan,
Xatman manziliga yetolmagan hech.
Alamman baxt bo'lib ucha olmagan,
Dardman dardlarini bitolmagan hech.
Oshiqman, ortimga qaytmaslik shahdim,
Qo'shiqman har so'zda sening isming bor.
Qorman, erta kelar bahorlar baxti,
Bahorman, bugungi kurtaklari qor, kurtaklari qor.
Menman seni kuyib sevguvchi hamon,
Senman meni qaytib seva olmagan.
Qalamman qog'ozni qucha olmagan,
Xatman manziliga yetolmagan hech.
Alamman baxt bo'lib ucha olmagan,
Dardman dardlarini bitolmagan hech.
Mo'lman, kemtiklari to'lsin dunyoning,
Yo'lman oxirini ko'z ilmaguvchi.
So'lman, raqibiman har o'ng tomonning,
Qo'lman tunlar senga baxt tilaguvchi.
Yengman, qismatida na qo'l, na karmon,
Kengman kengliklarda ko'kdan qolmagan.
Menman seni kuyib sevguvchi hamon,
Senman meni qaytib seva olmagan.
Menman seni kuyib sevguvchi hamon,
Senman meni qaytib seva olmagan.
Written by: Nurmuhammad Isroil, Shuhrat Daryo
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...