Lyrics

Assalom-u Aleykum! Man hozir bandman Nima gapiz bo'lsa signaldan keyin qoldiring Allo... Qaleysan yaxshimisan? Sanga rosa telefon qildim... Bir ikkita gaplar bor edi sanga aytadigan Lekin, topolmadim sani! Esingdami? Sani birinchi birinchi marta ko'rganimda... Har-xil narsalarni soragandey bo'lib... Sanga tikilib qarab turaverardim O'shanda "Ey Xudo! Shu qiz ketib qolmasin" deb so'raganman Xudodan Ismingni bilgim kegan San bilan gaplashgim kegan o'shanda rosa Telefonda gaplashganingda ko'zlaring bilan manga yo osmonga O'tgan ketgan odamlarga qararding Sani ko'zlaring dunyodagi eng chiroyli ko'zlar! Qo'llaring nozikkina Har bir harakating o'zinga yarashib turadi Man haqimda soraganingda xursand bo'p ketganman Ichimda ozgina sandan umid borligidan Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmiman! (Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmiman!) Sani o'ylab tong otadi, kun botadi Man san uchun borimni beraman! Man san bilan har qancha yo'qchiliga chiday olaman! Lekin, sani bunga tortishim... San uchun javob berishim noto'g'ri! (Sani uchratgan kunimni hech qachon unutmiman!) "Man uchun kurashmadi... Mani boshqalarga berib qo'yyapti" Deb o'ylab mandan nafratlanma iltimos Man sani o'ylavoman faqat Chunki san dunyoda eng baxtli inson bo'lishing kere! Sani xafa qilgan bo'lsam mani kechir Mani rostakam yaxshi ko'rsen manga yordam ber! Baxtli yasha, o'shanda man sani ko'rib yashashga intilaman! To'yim bovotti Shox deganinda... Hotirjamligingni ko'rib xursand bo'ldim Chunki, tushundim! Ota-onanga yo'q desang sani yomon qiynashardi Buni mandan yaxshi bilasan Hamma ota-onaga farzandini baxti kerak Ular sani o'ylab baquvvatroq joyga berishyapti Ular uchun sevgi o'z yo'liga Hayot bo'lsa o'zing bilasan qanaqaligini San hech narsaga muhtoj bo'lmasdan yashashing kerak! Man oyoqqa turgunumcha hali bor Man sani hech qachon unutmayman! Yuragimda, ko'z oldimda bo'lasan har doim! San shuni bilib qo'y! (Man sani hech qachon unutmiman!) (Man sani bir umrga sevaman!)
Writer(s): Shokhrukh Shadmanov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out