Lyrics

Mana yana kech tushdi, yana xayol parishon O'zboshimcha ko'ngil ko'zida yana yosh, ishon Dard kishan soldi yana yuragim qo'llariga Yolg'iz harakatlanmoqdaman qora капюшон'da Ha mayli, ha mayli, ha mayli Man ila yoki o'zing baxtli bo'lsang bo'ldi, Layli Azoblar chekdim sen tufayli Shunchaki istamayman tugashin bizning ishq sayli Axir, yaqin do'stimdeksan san manga Eng yoqtirgan rangim bu – saning ko'zlaringning rangi Eskirgan usti-boshim bir san uchun edi yangi Ikki karmonim quruq, ammo qizig'i yo'q sanga Shuncha birga o'tgan yillar chekinar Bir umrga ayrildim, deya g'amlar chekilar Dardlar chekilar Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi Endi hech qadam tashlamasman san tomon Qoshi kamon, bo'l omon Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi Endi hech qadam tashlamasman san tomon Qoshi kamon, bo'l omon Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom G'amni aks etar nigohim, kayfiyatim yomon O'sha kundan beri rangi-ro'yim xuddi somon San tomon yetaklaydi bo'ysunmas oyoqlarim Nima bo'lgan taqdirda ham, jonginam, bo'l omon Xayr, mandan go'zalim o'zing ayir Hamda qo'sh azobni barobar yolg'iz o'zing sayr Ayriliq ko'chasida qo'l ushlashib dard bilan Bor, boraqolgin endi borishni istasang qayer Lab, lablaringdan ortiq olmayman bo'sa Talablaringdan oxir to'ldi sabr-kosa Hamon sevaman rosa, behazil, ishon rostdan Ammo endi bo'lmaymiz san bilan hattoki do'st ham Keraksiz qiynoqlarning, ayt, nima keragi bor? A to'gri, yurak qurg'ur tanho sanga zor Biroq aytilgan gap – otilgan o'qdek, bilsang Alvido, yor... Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi Endi hech qadam tashlamasman san tomon Qoshi kamon, bo'l omon Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom Yuragim chilparchin bo'lsada yor, sog'inchdan garchi Endi hech qadam tashlamasman san tomon Qoshi kamon, bo'l omon Tan olish kerak, na iloj, axir barchasi tamom
Writer(s): Bobur Umarov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out