album cover
Asrasin
album cover
00:35
05:50
00:00
07:02
Past 7 Days
Asrasin was discovered most frequently at around 1 minutes and 25 seconds into the song during the past week

Lyrics

Qora cho'g'larimdan qoraydi hijron,
Yosh bilan yuvildi qayrilma mujgon.
Yurak talpinadi yolg'iz sen tomon,
Sensiz kelar bo'lsa, bahorim yolg'on.
Muhabbat bog'ladi yuragimizni,
Nurga cho'miltirdi tilagimizni.
Sevib sehrlangan ertagimizni
Sog'inib kelmasa, nahorim yolg'on.
Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.
Asrasin joningni sevgim tumori,
Oshufta ko'nglimning sultoni, bori.
Uzilmasin ishqning sozlangan tori,
Agar saqlolmasa, qarorim yolg'on.
Yolg'on, yolg'on...
Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.
Kelarsan nur bo'lib gulistonimga,
Barham berib dardli ohu-zorimga.
Kutaman toqatlar tilab jonimga,
Shunda bo'lar bari armonim yolg'on,
Yolg'on.
Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.
Sen mening yurakda oqqan qonimsan,
Jonim sezolmayman – tanda jonimsan.
Sog'inch o'ldirmasdan kel, madorimsan,
Kelmasang, quyoshli osmonim yolg'on.
Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.
Written by: Ozoda Nursaidova
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...