Music Video

Music Video

Credits

PERFORMING ARTISTS
Abdulla Qurbonov
Abdulla Qurbonov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Abdulla Qurbonov
Abdulla Qurbonov
Composer

Lyrics

Boshimga ish tushganida,
Omad qushi uchganida,
Do'stu yor ham kechganida,
Panoh bo'lgan onajonim.
Dilda pinhon g'amlarimdan,
Kiprikdagi namlarimdan,
Ko'nglimdagi kamlarimdan
Ogoh bo'lgan onajonim.
Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim.
Qatordan kam bo'lmasin, deb,
G'uncha payti so'lmasin, deb,
Mendan oldin o'lmasin, deb,
Duo qilgan onajonim.
Bu kunlar ham o'tar, degan,
Dard-alamlar ketar, degan,
Bolamni baxt kutar, degan,
Qadrim bilgan onajonim.
Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim.
Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim.
Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim.
Written by: Abdulla Qurbonov
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...