album cover
Xazon
album cover
00:00
02:25
00:00
03:20
Past 7 Days
Xazon was discovered most frequently at around 1 minutes and 10 seconds into the song during the past week

Music Video

Music Video

Lyrics

Qayt, sen yonimga qayt, mendan uzoqlashma
Shu payt, baxtli kunlarim, qayt yiroqlashma
Tun, yolg'iz zulmat tun, dardlarimla mahzun
Uzun, qayg'uli kunlarimda yo'q mazmun
Balki, endi farqi yo'q, sevgidan najot yo'q
Baxt mendan kechgansan, unutib bo'lgansan
Lek – senga farqi yo'q, mehring go'yo yiroq
Tuyg'ularim sarson, sensiz umrim xazon
Dard, yana o'sha dard, betinim hasrat yuragimni qiynar
Faqat bu yurak ezilar, baxtning o'tgan kunlaridan go'yo ovunar
Xazon, tuyg'ularim xazon, nega yana azob atrofim egallar?
Yig'lar, orzularim yig'lar, yuragim senga tinmay shoshilar
Balki, endi farqi yo'q, sevgidan najot yo'q
Baxt mendan kechgansan, unutib bo'lgansan
Lek – senga farqi yo'q, mehring go'yo yiroq
Tuyg'ularim sarson, sensiz umrim xazon
Yana xazonlar, yana usha kuz yomg'irlar
Tinmay eslatar, seni bu sog'inchli kunlar
Tomchi ko'z yoshlar, o'sha va'dalar qilar a'lam
Balki, endi farqi yo'q, sevgidan najot yo'q
Baxt mendan kechgansan, unutib bo'lgansan
Lek – senga farqi yo'q, mehring go'yo yiroq
Tuyg'ularim sarson, sensiz umrim xazon
Written by: Benom guruhi
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...