Lyrics

Oh bu farishta - Feride esiz Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz Istardi boylik "модельный" biznes O'tdi tunlar uyqusiz kutardi sabrsiz Sanalardi har bir kun to'planardi pul Yuzida go'zal tabassum ko'zlarida nur Xayolida fotosessiya paparatssi jurnal Fashion podium atrofida shahzodalar Qachon tugaydi maktab savol qaytadan berilib Ezmalandi har soat yurak ketdi-ku ezilib U rostdan ham go'zal edi qomati kelishgan Nozik bo'lgan barmoqlarin nafis uzuklar bezagan Ko'm-ko'k ko'zlar oh go'zal bu manzara Maftun qilardi odamni sezilardi istara Chet elda yuragi uni kutardi provinsiya So'ng Moskva Amerika hattoki Gretsiya Bir tarafdan qo'rqib hayotdagi prinsiplar Aldab ketishsachi agar chet eldagi yigitlar? O'ylandi kutdi rejalar tuzdi uzoq Chetda bo'lsam derdi yanada tezroq Yurakka dalda berdi vaqti ham kelgan edi U yerda yashash uchun besh yuz dollari bor edi Shpilka tufli kofta mini yubochka Ozgina kosmetika kichkina sumochka Onasi duo qildi ostona hatlab o'tdi Samolyot tezlik bilan manziliga kelib qo'ndi Fashion moda byuro qolmadi agentlik Topilmadi hech bir joy topilgani - besh tiyinlik Oradan bir oy o'tdi ko'rinmadi ish tagi Uni qutqarib qoldi xaloskor Volkswagenda Osmondagi va'dalar yoqimli xushomad Gullar pul restoran so'ng haqorat Xiyonat qildi xo'sh bu katta shahar Odamning xatolari balkim yaxshi hayotga boshlar?! Keyin ikkinchi so'ngra uchinchi - bir amaki boy Uni sevib qoldi! Rejalar bisyor edi Rio de Janeyro Rim Ajoyib roman edi xuddi "happy end"lik film Mashina dacha to'yni rejalashtirdi Bilsa firibgar ekan qamalib ketdi Yana bir bankir - undan keyingi manzil Ishda kirim faqat hamma gaplari hazil Tug'ilgan kunim dedi yolg'iz qoldirma meni Do'stlarim ham bor dedi Feride rozi bo'ldi Tug'ilgan kun chetda bir dacha Yo'li ham shahardan anchagina uzoqda joylashgan ekan Bayramni nishonlashdi bankir yo'q Feride uni izlab do'stlaridan eshitdi quyidagicha gap: "U seni qimorda yutqazib qo'ydi Asaloy ranjima shunaqasi ham bo'ladi" Ko'pligidan chalkashib ketdi Xato barbod ordan judo sado nido eshitmadi Xudo Shpilka singan yirtilib ketgan yubochka Bo'yalgan kosmetika pulga to'lgan sumochka Feride darrov qochib pullarni ilib Shahar tomon yo'lda ketayotib birdan o'ylanib: "Pul uchun qimmat tasqara mayli" deya o'zidan rozi Qolmadi ko'zida olmosi nozi qolgandi ozi Pul uchun sabr edi sabr uchun pul edi - hayotimiz qonuni Bilinmay bir yil o'tdi uyiga olindi bilet Jonga tekkan bu hayot ortida qolardi chet Yillar to'plangan ko'z yoshlar to'kilib ketdi-ku Nahot orzu qilingan hayot aynan shu? Oh bu farishta - Feride esiz Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz O'ylandi kutdi rejalar tuzdi uzoq Chetda bo'lsam derdi sodda qiz tezroq
Writer(s): Shokhrukh Djamalov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out