Lyrics

Men bu zamon o'zingdan yiroqda Ne kechar, erta-kun dil so'roqda Hijron nima u? Qalbing bu haqda tushunmas Yosh jonimda qanchalar faryodim Bilmadim, qay choradir najotim? Aldanganim nahotki hayotim, tush emas? Qorong'u qismatimdan bor ming xayollar Sen deya bag'rim ezar zavollar Sen tomon ketgan uzun savollar javobsiz Nahotki men sen uchun endi hech kim emas? Bir tasalli nahotki mumkinmas? Bu holatim sen uchun qiziqmas, insofsiz! Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar Kel, ko'r! Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar Kel, ko'r! Sen bu zamon o'zimdan yiroqda Kim endi yo'ldoshing, dil firoqda? Hijron nima, dard nima, bu haqda bilmaysan Yo'l qarab ko'zlarim zor-ovora Choralar ichida man be chora Holim so'rab, qahri tosh, bir bora kelmaysan Nahotki men sen uchun endi hech kim emas? Bir tasalli nahotki mumkinmas? Bu holatim sen uchun qiziqmas, insofsiz! Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar Kel, ko'r! Kel, ko'r, sensiz bu holatimni ne kechar Kel, ko'r, iztirobing kuniga qon ichar Kel, ko'r, bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar Kel, ko'r! Kel, ko'r!
Writer(s): Bahrom Nazarov Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out