Lyrics

Ko'zlarim seni deya uyqu bilmaydi, Sog'inganimdan seni ko'rgim keladi, Baribir sevaman, kutaman, desam, Nega ishonmaysan? Bu ketishda aqldan ozsam kerak, Aqlning so'ziga kirmaydi yurak, Baribir sevaman, kutaman, desam, Nega ishonmaysan? Devonalarcha yaxshi ko'raman, o'ylab to'ymayman, Lekin nimagadir borolmayman. Afsonalarcha, telbalarcha sevaman, Seni kutaman, desam nega yana menga ishonmaysan? Ishonmaysan... Qadaming ustidan qadamim bosib, Turibman qarshingda orzular qilib, Bo'salar olaman, bag'rimga bosaman, Desammikan senga? Birga ketar bo'lsak, armon qolmasdi, Yetar endi, yig'ishtir nozlaringni, Bilaman sevasan, kutasan, qachon Kelishimni yana. Devonalarcha yaxshi ko'raman, o'ylab to'ymayman, Lekin nimagadir borolmayman. Afsonalarcha, telbalarcha sevaman, Seni kutaman, desam nega yana menga ishonmaysan? Ishonmaysan...
Writer(s): Shohruhxon Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out