Music Video

Music Video

Credits

PERFORMING ARTISTS
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Ozodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov
Composer

Lyrics

Suyanganim, tog'im, derdi sizni onam,
Yashnab turgan bog'im, derdi sizni onam.
Bu dunyoda, hatto, aziz otamdan ham,
Mening yaxshirog'im, derdi sizni onam.
Siz men uchun beminnat bir olamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz.
Siz men uchun beminnat bir olamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz.
Siz yonimda boyligimsiz, kimdan kamman?
Duoyingiz bilan elda mukarramman.
Xonadonim chirog'isiz, shul sababdan
Ko'cha-ko'yda yurganimda xotirjamman.
Goho shodon, goho dardli nolamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz.
Goho shodon, goho dardli nolamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz.
Ota desam, yayragaydir zabonlarim,
Siznikidir surgan davru-davronlarim.
Sizni quchib, bobom, deya erkalasa,
Quvonaman, jonim qizim, o'g'lonlarim.
Onam, onam, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz.
Opam, singlim, onam suygan odamdirsiz,
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz.
Onam shunday bino qo'ygan otamdirsiz...
Written by: Ozodbek Nazarbekov
instagramSharePathic_arrow_out

Loading...