album cover
Armonlarim
album cover
Armonlarim was released on June 7, 2018 by RizaNova as a part of the album Yigit Nolasi
June 7, 2018
LabelRizaNova
BPM109
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Lyrics

Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?
Ketarkansan, hayotimga kelding nega,
Mag'rur tutgan tik boshimni egding nega?
Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?
Muhabbatdan sochilardi zar uchqunlar,
Yo'llarimni yoritarding qaro tunlar.
Senga cho'llar kerakmidi, issiq qumlar,
Mening bog'im senga kamlik qildimikan?
Ketganingda yurak biram o'rtandi-ya,
Bu jumboqni vaqtga soldim yechar deya.
O'ylamasdim bir kun mendan kechar deya,
Xayollarim xotirjamlik qildimikan?
Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?
Ayriliqqa jiddiyroq bir sabab bormi?
Firoq bizning ayriliqqa shunchalar zormi?
Fig'onlarim zor yig'latur mungli torni,
Armon bizga yo hakamlik qildimikan?
Olis yo'llar, olis yo'llar, olis makon,
Izlaringni sog'indim yor-qadrdon.
Yarim ko'nglim unutmaydi, bil hech qachon,
Sen eslamay, xotirang pand berdimikan?
Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?
Written by: Sardor Mamadaliyev
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...