album cover
Ukam
981
Pop
Ukam was released on November 29, 2021 by RizaNova as a part of the album Ukam - Single
album cover
Release DateNovember 29, 2021
LabelRizaNova
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy
BPM90

Music Video

Music Video

Credits

PERFORMING ARTISTS
Tohir Mahkamov
Tohir Mahkamov
Performer
COMPOSITION & LYRICS
Tohir Mahkamov
Tohir Mahkamov
Composer, Lyrics

Lyrics

Umrning bevafoligi bor gap. Aka-ukachilik, jigarchilik anqoning urug'i bo'lib borayotgan bir zamonda bedavo dardga chalingan ukasiga jonini bergudek bo'lib, chora izlab topolmagan Namanganlik birodarimiz Olimxonga taskin bo'larmikin degan o'yda qo'shiq yozdik. Eh, qaniydi o'limga chora bo'lgandayu, taskin berishga ehtiyoj bo'lmaganida... Rahmatli Obidxon bebaho yigit edi. Ilohim, oxirati obod bo'lsin. Hoji ota, hoji ona va jamiki yaqinlariga Allohdan sabr-u qanoatlar tilayman
Ota-onam kuydirib dog'da
Dardlarga jim chidagan ukam
Bedavo dard oldi gul chog'ida
Dunyolarga sig'magan ukam
Jigarlarim ko'p-u jonajon
Baridan sen eding mehribon
Yulib ketding jigarni yomon
Dunyolarga sig'magan ukam
O'g'illaring qolganda so'rab
Chidolmayman ko'ziga qarab
Bundan ortiq dard bormi, Yo Rab
Dunyolarga sig'magan ukam
Aytganingdek, murg'ak jismini
Ko'rmay ketding qizing husnini
"Oyisha" deb qo'ydik ismini
Dunyolarga sig'magan ukam
Davo bo'lmas bedavo dardga
Shuncha dardmi navqiron mardga?
Bo'yinsungan haq qo'ygan shartga
Dunyolarga sig'magan ukam
Olim akang dog'ingda ado
Kunda yig'lab qiladi duo
U dunyoingni bersin Rabbano
Dunyolarga sig'magan ukam
Written by: Tohir Mahkamov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...