Lyrics

botir bolaNafas tizimi xastaliklarida bcmorlarni instrumental tekshirish usullari Rentgcnologik tekshirish. Rentgenologik tekshirish rentge￾noskopiya (obyekt tasvirini ekranda hosil qilish) va rentgeno￾grafiya (tekshirilayotgan obyekt tasvirini yorug'lik sezadigan materialga tushirib, rasmini olish)ni o'z ichiga oladi. Rentgen apparati rentgen trubkasi, shtativ, kuchlanish transformatori va yuqori voltli transformatordan iborat bo'ladi. Shishadan tayyor￾lanadigan va bailón shaklida bo'ladigan rentgen trubkasiga ikkita elektrod: katod va anod kavsharlangan. Katod volfram spiraldan iborat bo'lib, u transformator yordamida 2500°C ga qadar qizdiriladi. Qizdirish natijasida katoddan elektronlar uchib chiqadi, bular katod bilan anod o'rtasidagi kuchlanish katta boMganligidan harakati kuchayib, juda katta tezlik oladi. Elektronlar anod moddasiga urilib, keskin tormozlanadi, shuning natijasida qisqa to'lqinli elektromagnit nur - rentgen nurlari hosil bo'ladi. Rentgen apparati shifokomi shu nurlar ta'siridan saqlash uchun himoyalovchi sistema bilan ta'minlangan. Nemis olimi Konrad Rentgen tomonidan 1896-yilda kashf etilgan bu nurlaming uchta xossasi mavjud: ular ko'zga ko'rinadigan nurlar mutlaqo o 'ta olmaydigan jismlar orqali o'tib ketaveradi va ularga qisman yutilib qoladi; ba'zi moddalaming porlashiga (shu'la sochishi, flyuorestsentsiyaga) sabab bo'ladi; fotografík plyonka va plastinkalaridagi kumush bromidini parchalaydi. Bu nurlaming shu xossalari rentge-noskopiya bilan rentgenografiyaga asos bo'ladi. Tananing nurga solib ko'rilishi kerak bo'lgan qismlari nur manbai bilan ekran orasida turishi kerak. Ekran shu'lalanuvchi (flyuorcstscntsiyalanadigan) modda bilan qoplangan kartondir.
Writer(s): Bojalar Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out