album cover
Tamom
album cover
Tamom was released on January 22, 2014 by RizaNova as a part of the album Kel
AlbumKel
ReleasedJanuary 22, 2014
LabelRizaNova
BPM127
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Music Video

Music Video

Lyrics

Ertalabdan ko'chalar tirband,
Hamma o'z ishlari bilan band,
Maning esa dardim bir san.
Odamlar nigohiga nishon,
Chorrahada qoldim parishon,
Xayolparast qalbim bedavo,
Jonim, sansiz yetmas havo!
Kim nima desa desin man tomon, tomon!
O'sha, o'sha bir so'zni aytaman hamon –
Telba misoli sanda hayolim
Jonim ozor chekar, etar davom, davom,
Sabrim qolmadi, bas, yetar, tamom, tamom!
Man seni sevdim, qalbimni berdim.
Kun botadi shoshmayin sekin,
Shaboda esar mayin lekin,
Maning esa dardim bir san.
Mayli, sevgi bo'lsa ham og'u,
Yuragimga bersa ham qayg'u,
Man baribir sevaveraman,
Qalbimdan ketmas bu tuyg'u.
Kim nima desa desin man tomon, tomon!
O'sha, o'sha bir so'zni aytaman hamon –
Telba misoli sanda xayolim!
Jonim ozor chekar, etar davom, davom,
Sabrim qolmadi, bas, yetar, tamom, tamom!
Man seni sevdim, qalbimni berdim.
Written by: Lola Yuldasheva
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...