Lyrics

Mansab ketsa ishing Bitmay qolarkan qolarkan Yetgan joyga qo'ling Yetmay qolarkan qolarkan Do'stlarga ham so'zing O'tmay qolarkan qolarkan Gar puling bo'lmasa puling bo'lmasa Yoring ham kechmoqqa Rozi bo'larkan bo'larkan Hatto bolang senga Qozi bo'larkan bo'larkan Bazi jigarlaring quvib solarkan solarkan Gar puling bo'lmasa seni puling bo'lmasa Zor qilmagin Xudoyim Egma yigit boshini Shaytonga ergashmasin Qo'lla o'zing qo'llagin Zor qilmagin Xudoyim Egma yigit boshini Shayton yo'lin tutmasin Qo'lla o'zing qo'llagin Pul bo'lsa do'st Senga to'rdan joy solar joy solar Gar omading ketsa kulib Jon olar jon olar Hattoki mayit ham Go'rdan kech qolar kech qolar Gar puling bo'lmasa puling bo'lmasa Kecha maqtab yurgan endi Tosh otar tosh otar Mehir berganlaring Qoningni totar ey Qarindosh ham sinsang Mensimay o'tar jim o'tar Gar puling bo'lmasa seni puling bo'lmasa Zor qilmagin Xudoyim Egma yigit boshini Shaytonga ergashmasin Qo'lla o'zing qo'llagin Zor qilmagin Xudoyim Egma yigit boshini Shayton yo'lin tutmasin Qo'lla o'zing qo'llagin Eh nahot tuproqchalik qadring qolmaydi Pulsiz birovga ham yoqib bo'lmaydi Ishon devonadan farqing qolmaydi Gar puling bo'lmasa puling bo'lmasa
Writer(s): Zohirshoh Jo'rayev Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out