album cover
Erkak
album cover
Erkak was released on May 8, 2012 by RizaNova as a part of the album Chayonning Bolasi
May 8, 2012
LabelRizaNova
BPM
Melodicness
Acousticness
Valence
Danceability
Energy

Music Video

Music Video

Lyrics

Dunyo kezib, rizqin tergan odam
Ish chatoq deb, aytmasin erkak
Tongdan tunga qadar, yursa ham
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Yo'lin poylar, ko'zin qorasi
Farzandlarin beka, onasi
Erkak zoti, ko'cha bolasi
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Erkak zoti, ko'cha bolasi
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Omad kelmas qadd-u, savlatdan
Er ahlini, qisma davlatdan
O'zing asra, shu malomatdan
Uyga quruq qaytmasin, erkak
O'zing asra, shu malomatdan
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Mo'l qil halol, non-u, oshini
Topsin hech yo'q, kerak toshini
Hayot egma, yigit boshini
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Hayot egma, yigit boshini
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Gar bermasni, oshi hech pishmas
Olma pishib, og'zingga tushmas
Odam ini, buzilgan qushmas
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Odam ini, buzilgan qushmas
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Baland pastlik, yo'l asli dunyo
Gohi mulzam, goh tasvir dunyo
Yaratgandan tilaydi, Mirzo:
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Yaratgandan tilaydi, Mirzo:
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Uyga quruq qaytmasin, erkak
Exx, uyga quruq qaytmasin, erkak
Written by: Xurshid Rasulov
instagramSharePathic_arrow_out􀆄 copy􀐅􀋲

Loading...