Lyrics

Bitta so'z bilan insonni yo'qotish mumkin Bitta so'z bilan yurakga, yo'l topish mumkin Bazan, Bitta so'z bilan yurakga, o'q otish mumkin Bekorga so'zlama ko'p, bekorga otishma ko'p Ey, Bitta so'z bilan insonni sindirish mumkin Yoki o'ziga bo'lgan ishonch, singdirish mumkin Bitta so'z bilan g'azab otiga, mindirish mumkin Yoki dengiz to'lqinlardek g'azabni, tindirish mumkin Bitta so'z bilan insonni, qutqarish mumkin Yoki dunyoni ostin ustun, to'ntarish mumkin Bitta so'z bilan tugagan kayfiyatni, ko'tarish mumkin Bitta so'z bilan sevib qolib, birga qarish mumkin Bitta so'z bilan insonlar, yosharish mumkin Yoki bitta so'z bilan harorat, oshirish mumkin Bitta so'z bilan kulgan ko'zlarni, yosh qilish mumkin O'ylab gapir, Bitta so'z bilan dunyoni, boshqarish mumkin Bitta so'z bilan bir umr, pushaymon bo'lish mumkin Bitta so'z bilan odam, hayvon bo'lish mumkin Bitta so'z bilan honavayron bo'lish mumkin Bitta so'z qilgan ishlarga, bir umr hayron bo'lish mumkin Bitta so'z bilan harobalarni qasr qilish mumkin Bitta so'z bilan millionlarga tasir qilish mumkin Bitta so'zing uchun millionlar tazim qilishi mumkin Bitta so'zni bazan, butun umr, hazm qilish mushkul Bitta so'zing bazan bo'lar hazil, bazida bo'lar hanjar Bitta so'zing g'animat, ayta olmaganlar qancha Yetolmaganlar qancha, bitta so'zni aytguncha Bitta so'z butun olamu, sen uchun qanday tushuncha Unutdingmi deyman Har bir so'zing g'animat Bo'lar bo'lmasga gapirma Kim uchundir gapira olish bir nemat Bitta so'z, yaxshi insondan yomongacha Bitta so'z, bedor qilar ekan tonggacha Bitta so'z, farishtadan shaytongacha Bitta so'z, eng pastdan osmongacha Bitta so'z, chin haqiqatdan yolg'ongacha Bitta so'z, chin muhabbatdan armongacha Bitta so'z, boshdagi musibatdan arqongacha Bitta so'z, singandan baxtli insongacha
Writer(s): Konsta Lyrics powered by www.musixmatch.com
instagramSharePathic_arrow_out